Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Kosovaning o‘z armiyasini yaratish rejalaridan xavotir bildirmoqda
NATO tan olinmagan Kosova respublikasining o‘z armiyasini yaratish rejalaridan xavotir bildirmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bayonotida ma'lum qilindi.
"Bugun Hoshim Tachi (Kosova prezidenti) va Iso Mustafo (bosh vazir) bilan NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarning Kosova hukumatining Kosova xavfsizlik kuchlarini konstitutsion o‘zgarishlarsiz qurolli kuchlarga aylantirish taklifi borasidagi jiddiy xavotirlarini bildirish uchun gaplashdim", deyilgan bayonotda.
Avvalroq tan olinmagan respublika parlamenti politsiya kuchlarining to‘laqonli armiyaga isloh qilinishi tashabbusini ma'qulladi. Bu taklif Tachi, Mustafo va parlament raisi Kadri Veseli tomonidan bildirilgan.
BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich tan olinmagan respublika armiyasining shakllantirilishi 1244-rezolyutsiyaning jiddiy buzilishi bo‘lishi va butun G‘arbiy Bolqon hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlarga jiddiy xavf tug‘dirishini aytgan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
10:00 / 08.06.2026
Kosovoda bosh vazir partiyasi saylovlarda g‘alaba qozondi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026