Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anga suiqasd uyushtirganlikda ayblanganlar "tuxumlar yomg‘iri" ostida qolishdi
Turkiyaning janubi-g‘arbidagi Mugla provinsiyasi sud binosi oldida to‘plangan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tarafdorlaridan iborat guruh navbatdagi sud majlisiga olib kelingan ayblanuvchilarga qarata tuxumlar uloqtirishdi. Mazkur binoda iyul oyidagi harbiy to‘ntaruv harakatlari chog‘ida turk rahbariga uyushtirilgan suiqasd ishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqida 9-mart, payshanba kuni Hurriyet gazetasi xabar berdi.
Mazkur jinoyat yuzasidan muxolifat islom voizi hisoblangan Fathulloh Gulenning 47 tarafdori ishi ko‘rib chiqilmoqda, ularning 3 nafariga qidiruv e'lon qilingan. Ayblanuvchilar ro‘yxatida birinchi bo‘lib Gulenning nomi qayd etilgan, u hozirda AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiladi.
Sud binosi oldida 300 nafarga yaqin kishi to‘plandi. Ularning qo‘llarida Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlab, Gulenni qoralab yozilgan shiorlar bor edi, ularda hattoki suiqasd ishtirokchilariga o‘lim jazosi ham so‘ralgan. Ba'zi namoyishchilar belgilangan hududdan o‘tib ketishga urinishdi, biroq politsiya tomonidan to‘xtatib qolindi.
2016 yilning iyulida, Turkiyada harbiy to‘ntaruv harakati amalga oshirilgan tunda isyonkor harbiylar Marmarisdagi Turkiya prezidenti dam olayotgan mehmonxonaga hujum qilishgan. Hujum Erdo‘g‘an mehmonxonani tark etganidan bir necha daqiqa o‘tgach amalga oshirilgan. Suiqasdni bartaraf etish davomida politsiyaning ikki nafar xodimi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:14 / 05.01.2026
Bektemirda ko‘prikdan sakramoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi
20:18 / 08.11.2025
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
15:04 / 17.10.2025
Fransiyada rossiyalik muxolifatchiga suiqasdning oldi olindi
10:20 / 18.09.2025