20:52 / 14.03.2017
5322

​Andijonda vodiy jurnalistlarining mashvarati bo‘lib o‘tdi

14 mart kuni Andijonda O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni joriy yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning roli”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarining bosma ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari mamlakatimizda islohotlar samaradorligini keskin oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, barcha sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar OAVning mazkur sohadagi eng muhim vazifasi fuqarolarning fikrlar xilma-xilligi va o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish asosida axborotdan foydalanish imkoniyatiga har tomonlama ko‘maklashish ekanligini qayd etdilar.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda Harakatlar strategiyasining mazmun- mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda belgilangan vazifalarni atroflicha tushuntirish va OAV oldida turgan eng muhim dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Elmurod Ermatov, Andijon

Top