Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda ro‘y bergan halokat 7 kishining umriga zomin bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Kvetta shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Yuk mashinasining afg‘onistonlik qochoqlar yashayotgan kulbaga ag‘darilib ketishi oqibatida halok bo‘lganlarning 4 nafari yosh bolalardir. Bu haqda Associated Press xabar qilgan.
Politsiya vakiliga ko‘ra, fojia yuz bergan vaqtda qum ortilgan avtomobil yukni tushirayotgan bo‘lgan. Kulba afg‘onistonlik qochqin Sher Muhammadga tegishli bo‘lgan. Uning o‘zi hodisada jabr ko‘rmagan, biroq uning farzandlari halok bo‘lgan.
Pokistonda ro‘yxatdan o‘tgan holda bir yarim million va yana noqonuniy tarzda bir millionga yaqin afg‘onlar qochqin sifatida istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
09:05 / 13.06.2026