Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Saudiya Arabistoni energetika sohasida maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al-Saud jahon bozorida barqarorlikni ta'minlash maqsadida AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida energetika sohasida maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar. Bu haqda Oq uyda ma'lum qilindi.
Tramp va Al-Saud o‘rtasidagi muzokaralar 14 mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan.
"Ikkita davlat energetika sohasida ikki tomonlama maslahatlashuvlarni jahon iqtisodiyoti o‘sishini oshirish hamda yetkazmalarning barbod bo‘lishi va bozorda narx-navoning o‘ynashi xatarini kamaytirishga imkon beradigan yo‘sinda davom ettirish istaklarini bildirdilar", deb aytildi xabarda.
Saudiya Arabistoni OPeKga a'zo bo‘lib, tashkilot o‘tgan yil noyabrda neft narxini barqarorlashtirish uchun neft qazib olishni qisqartirish qarorini qabul qilgandi.
AQSh kartelga a'zo emas, biroq Saudiya Arabistoni va Rossiya bilan bir qatorda neft qazib olish bo‘yicha yetakchi uchlikka kiradi.
Mavzuga oid
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
23:40 / 30.01.2026