Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda teraktga tayyorlangan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi
Istanbul shahrida IShID a'zolari bo‘lgan 2 nafar shaxs qo‘lga olindi. CNN Turk ma'lumotiga ko‘ra, ular Reina klubida sodir etilgani kabi terakt tayyorlagandi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lib, ulardan qurollar, portlovchi moddalar va elekton jihozlar musodara etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni Reina tungi klubida IShIDning o‘zbekistonlik a'zosi Abdulqodir Masharipov tomonidan qirg‘in uyushtirilgandi. Uning hujumi oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, shundan 16 nafari xorijlik edi, ular orasida Saudiya Arabistoni, Marokash, Iordaniya, Livan, Liviya, Isroil va Rossiya fuqarolari bor edi. IShID ushbu xunrezlik uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. 16 yanvar kuni Masharipov qo‘lga olindi.
Masharipov qilgan ishidan pushaymon emasligini aytib, o‘ziga o‘lim hukmi chiqarilishini so‘radi
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:23 / 06.04.2026