Yangi yilning ilk soatlarida Istanbul şahridagi Örtaköça tumanida joylaşgan Reina tungi klubiga Kalaşnikov avtomati bilan bostirib kirib, odamlarni öqqa tutgan Abdulqodir Maşaripov sudda öziga ölim hukmi çiqarilişini söradi.
Sabah naşrining yozişiça, Maşaripov Abu Jihod ismli şaxsdan Istanbulda terakt sodir etiş körsatmasini olgan. U bu şaxs bilan heç qaçon uçraşmaganini ham aytgan. Bu şaxs xabarçilar orqali u yaşaydigan joyga avtomat, 6ta öqdon va 3ta qöl granatasi yetkazgan.
«Men IŞID a'zosiman, mening maqsadim xristianlarni öldiriş edi. Abu Jihod aytgandiki, ular Taqsim maydoniga yiğilişni rejalaştirişgandi», – degan Maşaripov.
Ammo 31 dekabr kuni Taqsim maydonida xavfsizlik çoralari yuqori darajada bölib, hududda juda köp politsiyaçilar töplangandi. Şundan söng Maşaripov Jihoddan Reina klubiga boriş töğrisida körsatma oladi.
«Men klubga kirib, yölimda uçragan odamga öq uzdim, qoçayotganlarni öqqa tutdim, granata otdim, granatalardan birini boşim oldida portlatib yubordim, ammo bu şunçaki şovqinli granata bölib çiqdi va men ölmay qoldim. Meni ölim jazosiga hukm qilişsa yaxşi bölardi, çunki men öşanda klubga ölimimni böynimga olib borgandim», – degan Maşaripov.
Ma'lumot uçun, Turkiyada ölim jazosi bekor qilingan.
U şuningdek, ommaviy qotillikni amalga oşirib bölgaç, klubdan heç qanday qarşiliksiz çiqqanini ma'lum qilgan. U qurollar va kiyimlarining bir qismini içkarida qoldirgan, granata portlaşi tufayli olingan kiçik jarohatlar va yuziga qon saçragani uçun politsiyaçilar uni jabrlanuvçi sifatida ötkazib yuborişgan. Tartibsizlik vaqtida politsiyaçilar uni klub taşqarisidagi yölakda nazoratsiz qoldirişgan. Maşaripov esa u yerdan piyoda jönab ketgan va keyinroq taksi töxtatib, Istanbulning boşqa hududidagi uyiga yetib olgan.
Sabah naşrining qayd etişiça, Maşaripov qilmişidan puşaymon emas va öz harakatini musulmonlarning xristianlardan qasos olişi deb biladi. Suddagi şunday körsatmasidan keyin 11 fevral kuni uşbu terrorçini hibsga oliş qarori çiqarildi. Ayni vaqtda u Istanbuldagi Silivri qamoqxonasida va sud işi yakunini kutmoqda.
Asli özbekistonlik bölgan Maşaripov 1 yanvarga ötar keçasi avtomat bilan qurollangan holda Reina tungi klubida qirğin uyuştirdi: uning hujumi oqibatida 39 kişi halok böldi, şundan 16 nafari xorijlik edi, ular orasida Saudiya Arabistoni, Marokaş, Iordaniya, Livan, Liviya, Isroil va Rossiya fuqarolari bor edi. IŞID uşbu xunrezlik uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oldi. 16 yanvar kuni Maşaripov qölga olingan kvartirada unga taşkilot tomonidan terakt ijrosi uçun tölangan 200 ming dollar ham topildi.












