Jahon | 09:22 / 18.03.2017
4956
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya Buyuk Britaniyadan tovon puli talab qilmoqda

Indoneziya hukumati Buyuk Britaniya elchisini chaqirib, Angliya sayohat kemasi tomonidan marjon qoyalari yo‘q qilingani uchun tovon pulini muhokama qildi. Associated press agentligi shu haqda xabar qilmoqda.

Indoneziya dengiz ishlari bo‘yicha katta vaziri Lugut Panjaytan elchi Muazzam Malikni yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash uchun chaqirgan. Vazirlik marjon qoyalariga yetkazilgan talofatni tuzatib bo‘lmas, deb baholagan. 

Dastlabki surishtiruv ishlariga ko‘ra, kema arxipelagning qoq markazida joylashgan 1600 kvadrat metr maydondagi marjonlarni yo‘q qilgan. 

Avvalroq, sayohat kemasi Indoneziyaning marjon qochlariga 2 mln dollarlik ziyon yetkazgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid