Yevropa kengashi rahbari Yevropa ittifoqi qanday holatda parchalanib ketishi mumkinligini aytdi
Yevropa ittifoqi ajralmas bo‘ladi yoki u tamoman parchalanib ketadi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk shanba, 25 mart kuni Italiya poytaxtida Rim kelishuvining 60 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan YeI sammiti ochilishi vaqtida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters.
“Ajralmas Yevropa – bu byurokratiya modeli emas. Bu umumiy qadriyatlar va demokratik standartlar yig‘indisi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, hozir norozi bo‘lish yoki “Yevropani turli tezliklardan himoya qilish” vaqti emas.
Yevropaning “turli tezliklar” g‘oyasi YeI ichida hamjamiyatga turli darajada integratsiyalangan davlatlarning o‘zaro birgalikda yashashi imkoniyatidir. Bunday g‘oya Germaniya, Italiya, Fransiya va Ispaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, biroq Sharqiy Yevropaning qator davlatlarida norozilik uyg‘otgan.
Hozirgi yubiley sammiti Buyuk Britaniyasiz o‘tmoqda. 2016 yilning 23 iyun kuni britaniyaliklar yarmidan ko‘pi mamlakatning YeIdan chiqishi uchun ovoz berdi.
Mavzuga oid
08:10 / 19.07.2024
Orban Yevropa kengashiga safarlari natijalari haqida hisobot tayyorladi
09:20 / 02.03.2024
Yevroittifoq kengashi Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
10:34 / 30.09.2023
Putin YeKning milliy ozchiliklar himoyasi konvensiyasidan chiqishni taklif qildi
12:01 / 18.05.2023