Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa kengashi sobiq bosh kotibi Yaglandning uyida tintuv o‘tkazildi
Verdens Gang gazetasi xabar berishicha, Turbyorn Yagland og‘ir korrupsiyaviy jinoyatlar bo‘yicha ishda gumonlanuvchi maqomiga ega. Bu ish fohishabozlikni tashkil etgani uchun sudlangan amerikalik moliyachi Epshteyn bilan bog‘liq, deb yozadi gazeta.
Foto: AP
Norvegiya politsiyasining iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi (Økokrim) Norvegiyaning sobiq bosh vaziri va Yevropa kengashi sobiq bosh kotibi Turbyorn Yaglandning uyida hamda boshqa turar joy obektlarida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda payshanba, 12 fevral kuni Verdens Gang (VG) gazetasi Yaglandning Elden Advokatfirma yuridik firmasidagi advokatiga tayanib xabar berdi.
Tergov harakatlari Norvegiyada sobiq bosh vazirga nisbatan amerikalik moliyachi Jyeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlar e’lon qilinganidan keyin boshlangan tergov bilan bog‘liq ravishda olib borilmoqda.
Siyosatchiga rasman gumonlanuvchi maqomi berilgan. Tintuvlar Osloda va Norvegiyaning sharqiy sohil hududlarida o‘tkazildi.
Avvalroq, 11 fevral kuni, Yevropa kengashi vazirlar qo‘mitasi sobiq bosh kotibdan daxlsizlikni olib tashlagani ma’lum bo‘lgan edi. Tergov og‘irlashtiruvchi holatlarda korrupsiya ayblovlari bilan bog‘liq.
Bosh kotib Alen Berse shuningdek ichki ma’muriy tekshiruvni Yevropa kengashining ichki nazorat direksiyasiga topshirishga qaror qildi. Shu bilan birga, Berse boshqaruv bo‘yicha institutsional amaliyotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish jarayonini ham boshlagan.
Norvegiyaning Verdens Gang gazetasi Yagland bilan bog‘liq Epshteyn ishi materiallarini o‘rgangani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Yaglandda Jyeffri Epshteyndan kvartira sotib olish uchun “kafolat” bo‘lgan. Shuningdek, siyosatchi bir necha marta Epshteynning Nyu-York va Parijdagi kvartiralarida tunagani, 2014 yilda esa Yagland va uning oilasi Epshteyn oroliga safar rejalashtirgani, ammo u safar keyinchalik bekor qilingani haqida AFP agentligi yozadi.
Yagland Epshteyn bilan aloqalari “odatiy diplomatik faoliyat”ning bir qismi bo‘lganini aytgan. Fevral oyi boshida u Aftenposten gazetasiga bu munosabatlarni saqlab qolgani “xatolik” bo‘lganini tan olgan.
Yagland 1996–1997 yillarda Norvegiya bosh vaziri, 2009–2015 yillarda Nobel tinchlik mukofotini topshirish qo‘mitasi raisi, 2009–2019 yillarda esa Yevropa kengashi bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
15:45 / 12.02.2026
Epshteyn ishi: Yevropa kengashi sobiq bosh kotibning daxlsizligini bekor qildi
14:10 / 09.02.2026
Norvegiyalik diplomat Epshteyn bilan bog‘liqlik sabab ishdan ketdi
10:58 / 06.02.2026
Norvegiya politsiyasi sobiq bosh vazirning Epshteyn bilan aloqalarini tekshirmoqda
15:41 / 04.02.2026