Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviya sohillari yaqinida mingdan ko‘proq muhojir qutqarib qolindi
Foto: AFP
26 martga o‘tar kechasi Liviya sohillari yaqinida mingdan ko‘proq muhojir qutqarib qolindi. AFP axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda "Chegara bilmas shifokorlar" va "SOS O‘rta yer dengizi" nohukumat tashkilotlari vakillari ma'lum qilishgan.
6 soatlik operatsiya davomida 645 ga yaqin muhojir qutqarib qolingan. "Chegara bilmas shifokorlar" tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, Maltadan bir necha kun oldin jo‘nagan yangi kema o‘tkazgan qutqaruv operatsiyasi davomida 412 kishining hayoti saqlanib qolingan.
Axborot agentligining ta'kidlashicha, 20 mart kunidan boshlab O‘rta yer dengizida 6 mingdan ko‘proq muhojir qutqarib qolingan. 2017 yil boshidan beri 22 mingdan ko‘proq odam O‘rta yer dengizidan foydalanib Italiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan. O‘tgan yilning shu davri ichida 18 mingga yaqin muhojir dengiz orqali xavfli sayohatga yo‘l olgandi.
Liviya Afrikadan Yevropaga yaxshi hayot ilinjida yo‘l oluvchi noqonuniy muhojirlarning jo‘nash punktiga aylangan.
Mavzuga oid
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
13:33 / 05.01.2026
🔴 LIVE: OMON qo‘lida o‘lgan o‘zbek: nega vaziyat faqat yomonlashib boryapti?
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
07:38 / 10.09.2025