Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Koreya Respublikasi vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, ta'lim vaziri Li Jun Suk rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri R.Qosimov O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar asosida izchil rivojlanayotganini alohida ta'kidladi.
Koreya Respublikasi ilm-fan, innovatsiya va axborot texnologiyalari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning ta'lim sohasidagi hamkorligining yaqqol namunasidir. Ushbu universitetda axborot texnologiyalari, injiniring, logistika kabi zamonaviy yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari Koreya Respublikasining o‘ttizdan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Qator ta'lim maskanlarida koreys tili va madaniyati markazlari ochilgan. Janubiy Koreyaning Tegu va Pusan chet tillari universitetlarida o‘zbek tili, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik va Samarqand davlat chet tillari institutlarida koreys tili o‘rgatilmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, birgalikda yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shu kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, san'at ixlosmandlari ishtirok etdi. O‘zbek va koreys xalqlarining mumtoz kuy-qo‘shiq va raqslari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024