15:22 / 30.03.2017
3208

Xorijda yashovchi turklar referendumda faol qatnashayotgani ma'lum bo‘ldi

Turkiyaning olti Yevropa davlatidagi diplomatik missiyasi va mamlakat nazorat-o‘tkazish punktlaridagi saylov uchastlarida konstitutsiyaviy referendumning birinchi uch kuni davomida 69079 nafar turk fuqarosi ovoz berdi. Ular xorijda istiqomat qiladi.

"Anadolu" agentligining Turkiya oliy saylov komissiyasiga asosan xabar berishicha, xorijda referendum bo‘yicha ovoz berish jarayoni 27 mart kuni boshlangan bo‘lib, eng ko‘p turk fuqarolari Germaniyada ovoz bergan, u yerda 13 ta saylov uchastkasi bor. Shuningdek saylov uchastkalari Fransiya (6), Shveytsariya (3), Belgiya (2), Daniya (1) va Lyuksemburgda (1) ham ochilgan.

Bundan tashqari, saylov uchastkalari aeroportlar hamda Turkiyadagi nazorat-o‘tkazish punktlarida ham mavjud bo‘lib, u yerda 11558 inson ovoz bergan.

Mavzuga oid
Top