Jahon | 18:57 / 30.03.2017
4052
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya suriyalik qochqinlarga 25 mlrd dollar sarfladi

Turkiya dunyoda eng ko‘p sondagi qochqinlarni qabul qilgan davlat hisoblanadi. Bugungi kungacha Turkiya qochqinlar ehtiyojlariga 25 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflagan. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar bermoqda

Suriyada fuqarolik urushi vaqtida mamlakatning 20 mln lik aholisidan 13,5 mlni  jiddiy muammolar va xavfsizlikka tahdidlarga duch keldi. Oxirgi 7 yilda Suriyadan qo‘shni davlatlarga 4,9 mln kishi ko‘chib o‘tgan. 

"Anadolu" axborot agentligiga Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasida (AFAD) ma'lum qilinishicha, Turkiyada qochqinlar uchun 26 ta markaz tashkil etilgan. Bu markazlarda ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatiladi va kasbiy tayyorgarlik kurslari faoliyat yuritadi.

AFAD o‘sib kelayotgan suriyaliklarning ta'limiga katta e'tibor qaratadi. Qochqinlar lagerlarida 82 ming suriyalik bola ta'lim olmoqda. Bundan tashqari, Turkiya ta'lim vazirligi ko‘magida bolalar bog‘chalari va maktablar 510 ming suriyalik bolani qabul qilgan. 

Qochqinlar markazlaridagi kasbiy tayyorgarlik kurslarini 150 ming suriyalik tamomlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid