Jahon | 11:49 / 01.04.2017
23733
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning qizi va kuyovi davlati qancha ekani ma'lum qilindi

AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner davlati 740 million dollar atrofida. Bundan AQSh prezidenti ma'muriyati xodimlarining moliyaviy holati haqidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

The New York Times’ning xabar berishicha, Trampning qizi prezident yordamchisi lavozimini egallaganidan so‘ng ham Trump International Hotel’ga egalik huquqidagi ulushini saqlab qolgan.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Donald Tramp ma'muriyati a'zolarining boyligi 12 mlrd. dollardan ko‘proqni tashkil etadi. Bu esa AQSh tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Avvalroq Ivanka otasi jamoasi rasmiy xodimi bo‘lishi, biroq ish haqi olmasligi haqida ma'lum qilgani borasida xabar bergandik.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid