Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Tramp otasining yordamchisi bo‘lishi, biroq buning uchun maosh olmasligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka otasi jamoasi rasmiy xodim bo‘lishi, biroq ish haqi olmasligi haqida ma'lum qildi.
Ivanka Trampning bayonotida aytilishicha, u aslida otasining maslahatchisi bo‘lgani, biroq rasmiy lavozimlarni egallamagani haqida “ba'zi kishilarning tashvishidan xabar topgan”. O‘z navbatida, Oq uy Ivanka Tramp qarorini qo‘llab-quvvatlashi haqida xabar berdi.
Avvalroq Ivanka Tramp Oq uy ma'muriy binosida alohida kabinetga hamda maxfiy ma'lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, dastlab Ivanka Tramp otasi ma'muriyatida hech qanday rasmiy lavozimlarni egallamasligi haqida bong urgandi. Uning eri Jared esa prezidentning qator o‘ta muhim masalalar, jumladan tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ulgurdi.
Mavzuga oid
18:19 / 03.12.2020
Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020