Jahon | 11:50 / 07.04.2017
27185
2 daqiqa o‘qiladi

«Bu uzoqni o‘ylab qilingan qaror emas». Suriyaga hujum Rossiya bilan yadroviy urushga olib kelishi mumkin

Demokratlar partiyasi vakili, kongressmen Tulsi Gabbard mamlakat prezidentining Suriyadagi harbiy bazaga raketa yo‘llash qarorini «uzoqni o‘ylab qilingan qaror emas» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat «Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasida yadro urushini boshlab berishi» mumkin.

«Bu uzoqni ko‘ra bilmasdan qaror qabul qilish bo‘ldi. Buning oqibatida tinch aholi orasida yanada ko‘proq qurbonlar bo‘lishi, qochqinlar soni ortishi va «Al Qoida» hamda boshqa terrorchi guruhlarning kuchayishi, hattoki Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasida yadro urushi boshlanishiga olib kelishi mumkin», — deya Gabbard xonimning so‘zlarini keltirgan The Huffington Post.

AQSh 7 aprelga o‘tar kechasi Suriyadagi aerodromga zarba berdi. Xabar qilinishicha, Qo‘shma Shtatlar 59 ta «Tomagavk» raketalarini uchirgan, ular Xoms viloyatidagi ash-Shayrotni nishonga olgan. Trampning fikricha, Damashq aynan o‘sha yerdan Idlib viloyatiga kimyoviy hujumni amalga oshirgan.

Tramp Suriyadagi harakatning uch ssenariysi ichidan raketa zarbasini tanlagan

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid