Jahon | 11:20 / 07.04.2017
11967
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Suriyadagi harakatning uch ssenariysi ichidan raketa zarbasini tanlagan

AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik Kengashi a'zolari bilan Suriyadagi harakatlarning bir necha ssenariysini muhokama qildi. TASSning Oq uy matbuot xizmatiga asosan xabar berishicha, bu haqda davlat rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster aytib o‘tgan.

«Prezident bilan uchta variant muhokama qilindi hamda u bizdan ularning ikkitasida to‘xtashni, ular bo‘yicha ishlashni so‘radi. Unda qator savollar bor edi va biz javob qaytarishga urindik... Uzoq vaqt davom etgan muhokamalardan so‘ng, prezident harakat qilish haqida qaror qabul qildi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

AQSh 6 aprel, payshanba kuni kechqurun Suriyadagi aerodromga zarba berdi. Xabar qilinishicha, Qo‘shma Shtatlar 59 ta “Tomagavk” raketalarini uchirgan, ular Xoms viloyatidagi ash-Shayrotni nishonga olgan. Trampning fikricha, Damashq aynan o‘sha yerdan Idlib viloyatiga kimyoviy hujumni amalga oshirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid