Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidentligiga ikki asosiy nomzodning imkoniyatlari tenglashdi
Janubiy Koreyada prezidentlik lavozimiga ikki asosiy nomzod (Demokratik partiya va Xalq partiyasi nomzodlari)ning imkoniyatlari deyarli tenglashdi. Bu haqida Gellap institutining Janubiy Koreyadagi bo‘limi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomasiga asoslanib, NHK telekompaniyasi xabar berdi.
Joriy yilning 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidenti saylovlarida 5 nafar nomzod ishtirok etadi. Bugunga qadar eng yirik Demokratik partiya nomzodi Mun Chje In katta farq bilan yetakchilik qilib kelayotgan edi. Uch hafta oldin u o‘zining eng yaqin raqibi - Xalq partiyasi nomzodi An Chxol Suni deyarli ikki barobarga ortda qoldirayotgan edi.
Biroq 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan so‘rovnomaga asosan, vaziyat o‘zgargan, ikki nomzod o‘rtasidagi tafovut atigi 3 punktga farqlanadi: Mun - 38 foiz, An - 35 foiz. Bu ko‘p jihatdan konservativ kuchlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlanadi, zero ular - Anning Shimoliy Koreyaga nisbatan qat'iy siyosati tarafdori.
17 aprel kuni Janubiy Koreyada saylov oldi kampaniyasiga start beriladi. 2012 yilda bu ikki siyosatchi Pak Kin Xega qarshi yagona front bo‘lib chiqqan shunga qaramay, Pak Kin Xe saylovlarda g‘alaba qozonib, prezidentlik lavozimini egallagandi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025