Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livanda 3 ming suriyalik qochqinlar lagerini tark etishga majbur bo‘ldi
3 mingga yaqin suriyalik Livan sharqidagi Beka viloyatida joylashgan qochqinlar lagerini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligiga Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qilish tashkiloti ma'lum qilgan.
Mart oxirida Livan qurolli kuchlari xavfsizlik kuchlari obektlari yaqinida yashovchi qochqinlar o‘zlari yashayotgan lagerlarni bo‘shatishlari kerakligi haqidagi qarorni qabul qilgan. Ushbu qaror xavfsizlik chorasi sifatida qabul qilingan.
"Lagerdagi 10 mingdan 3 mingga yaqin kishi chiqarilib yuborilishlari haqida ogohlantirish olganlaridan keyin o‘z boshpanalarini tark etganlar", deb ma'lum qilgan HRW vakili Bassam Kxavaya.
Suriyadagi qurolli qarama-qarshilik 2011 yil martidan beri davom etib kelmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 220 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Suriya bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlar zimmasiga qochqinlarni qabul qilish va ularni saqlash bilan bog‘liq asosiy yuk tushmoqda. Iordaniya hukumati 1,4 mln suriyalikni qabul qilganini aytib keladi. Turkiya esa umumiy hisobda 2,8 mln suriyalikni qabul qilgan. Suriyaliklar, shuningdek, Livan, Iroq va Misrda ham qabul qilinmoqdalar.
Mavzuga oid
18:52 / 10.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning 10 kuni: qancha inson halok bo‘ldi?
17:31 / 09.03.2026
Isroil Livanda 40 yil oldin yo‘qolgan uchuvchisi jasadini qidirib reyd o‘tkazdi. O‘nlab kishilar halok bo‘ldi
12:22 / 09.03.2026
Livan va Eronda hujumlar qurbonlari soni qariyb 1600 nafarga yetdi
19:33 / 08.03.2026