Iqtisodiyot | 21:13 / 14.04.2017
23062
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish o‘sish sur'ati 100 foizlik natijani tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan «Bosh vazir o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, hokimliklar rahbarlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2017 yilgi iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan 1-Majlis Bayonida belgilangan vazifalaridan kelib chiqib, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga qaratilgan asosiy vazifalar belgilab olindi.  

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2017 yil I chorakdagi prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi:     

- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 trln. 300 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur'atlari o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 105,4 foizga teng bo‘ldi.   

Asosiy turdagi sanoat mahsulotlari natural ko‘rinishda:
• shakar o‘sish sur'ati 104,1 foiz; 
• qandolat mahsulotlari -  o‘sish sur'ati 135,4 foiz;
• go‘sht va go‘sht mahsulotlari - o‘sish sur'ati 108,2 foiz;
• kolbasa mahsulotlari -  o‘sish sur'ati 106,6 foiz; 
• sut va sut mahsulotlari -  o‘sish sur'ati 108,3 foiz;
• saryog‘ -   o‘sish sur'ati 104,5 foiz; 
• pishloq va brinzalar - o‘sish sur'ati 104,8 foiz;
• meva-sabzavot konservalari - o‘sish sur'ati 101,3 foizni tashkil etdi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK korxonalari bo‘yicha 2017 yilda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, sanoat kooperatsiyasi asosida butlovchi qism va materiallarni 18 loyiha asosida amalga oshirish va 49,7 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

2017 yil yanvar-mart oylarida mahsulot ishlab chiqarish prognoz hajmi  12 mlrd. 344 mln.so‘m bo‘lgan holatda, haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 12 mlrd. 468 mln.so‘mni yoki prognoz davri hajmiga nisbatan 101,0 foizni tashkil etdi.

Mavzuga oid