Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada yangi prezident liberallar vakili bo‘lishi mumkin
Koreya Respublikasi prezidentligi uchun da'vogarlar ro‘yxatida liberallar vakili Mun Je In eng mashhur nomzodlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bundan Gallup Korea tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari darak bermoqda.
"Agarda saylovlar bugun o‘tkazilganida, respondentlarning 40 foizi o‘z ovozini Mun Je In uchun bergan bo‘lardi. Bu o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichdan 3 foiz punktiga ko‘proq", - deya ta'kidlanadi tadqiqotda.
Mashhurlik darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Xalq partiyasi vakili An Chxol Su qayd etildi, uning uchun so‘rovda ishtirok etganlarning 37 foizi o‘z ovozini berishga tayyor.
Qolgan nomzodlar esa ancha katta farq bilan ortda qolmoqda. Koreya ozodlik partiyasi vakili Xon Jun Pxyoga so‘rovdan ishtirok etganlarning 7 foizi o‘z ovozini berishini aytgan bo‘lsa, Adolat partiyasidan bo‘lgan Sim San Jon va “Parin” partiyasi vakili Yu Sin Minni esa 3 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada mamlakatning avvalgi prezidenti Pak Kin He korrupsiya va hokimiyatni suiiste'mol qilishda ayblanib iste'foga chiqarildi. Yangi davlat rahbari saylovi 9 may kuniga belgilangan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026