Özbekiston hukumati respublika hududlarida işsiz fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş markazlarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorini e'lon qildi. Uşbu qarorga köra, 2017-2020 yillar davomida işsiz fuqarolarni professional qayta tayyorlaş va kasb-hunarga öqitiş markazlari taşkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori işsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlaşni samarali taşkil etiş hamda mehnat bozorida talab yuqori bölgan yangi kasb-hunar va mutaxassisliklarga ega böliş uçun ularga tegişli şart-şaroitlar yaratiş maqsadida qabul qilingan.
Yangi öquv markazlari davlat ta'lim muassasalari hisoblanib, ular Mehnat vazirligiga böysunadi. Işsiz fuqarolarga 6 oy mobaynida eng kam iş haqi miqdorida stipendiya tayinlanadi. Yangi öquv markazlarda köpi bilan 1 yil davomida ta'lim oliş mumkin, eng uzoq stipendiya olib öqiş davri — 6 oy.
Bu markazlarda taşkilot va muassasalar buyurtmalariga qarab, pullik, qisqa muddatli öquv — tayyorlov kurslari ham taşkil qilinişi nazarda tutilgan.
Qarorda aytilişiça, respublika böylab 11ta şunday markaz taşkil etiladi. Markazlar Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Guliston, Termiz, Qöqon, Töytepa va Urganç şaharlarida joylaşadi. Markazlarning har birida 240 nafardan öquvçi uçun örin böladi.
Markazlarni moliyalaştiriş manbalari - Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi, donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya taşkilotlarining imtiyozli kreditlari hamda Koreya Respublikasi hukumati granti (Qöqon va Urganç şaharlarida) hisoblanadi.
Şuningdek, Toşkent, Samarqand va Şahrisabz şaharlaridagi Işsiz fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş markazlarining tuzilmalari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tasdiqlangan.
«Toşkent va Samarqand şaharlarida işsiz fuqarolarni, şu jumladan ta'lim muassasalari bitiruvçilarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça kasb-hunarga öqitiş markazlari taşkil etilganligi va samarali faoliyat yuritayotganligi, «Şahrisabz şahrida kasb-hunarga öqitiş markazini taşkil etiş va Özbekistonda kasb-hunarga öqitiş salohiyatini oşiriş böyiça konsalting» loyihasi amalga oşirilayotganligi ma'lumot uçun qabul qilinsin», deyilgan qaror matnida.
Nukus (2018 — 2020 yillar)
1. Elektr va elektronika.
2. Axborot texnologiyalari.
3. Baliq yetiştiriş va baliq mahsulotlarini qayta işlaş texnologiyasi.











