Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda ötkazilgan brifingda pandemiya şaroitida öquv markazlari faoliyati qanday tartibda taşkil etilişi haqida ma'lumot berildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan pandemiya şaroitida taşkilotlar va korxonalar, jumladan xususiy maktab va boğça, şu bilan birga xususiy öquv markazlarda iş faoliyatini taşkil etiş borasida vaqtinçalik SANPIN qoidalari va me'yorlari tasdiqlangan. Mazkur qoidalar va me'yorlar asosida xususiy maktablar, boğçalar va öquv markazlarga quyidagilar belgilab berilgan:
- barça korxona va taşkilotlarda taşrif buyurayotganlarni filtrdan ötkaziş (tana haroratini ölçaş, antiseptik vositalari bilan qöllarga işlov beriş), şu bilan birga agar imkoniyat bölsa niqoblar va qölqoplar bilan ta'minlaş;
- har bir qavatlarda antiseptik vositalari bilan qöllarni işlov beriş yoki qöllarni sovun bilan yuviş imkoniyatlarini yaratiş;
- kundalik xlor tarkibli vositalar bilan tozalov işlarini olib boriş va belgilangan tartibda DSEN bilan kelişgan holda birlamçi va keyinçalik şartnoma asosida binolarni dezinfeksiyalaş;
- darslarni taşkil etiş borasida 2 metrlik masofani saqlagan holda ta'lim oluvçilarni joylaştiriş, bunda auditoriyalarni katta kiçikligidan kelib çiqqan holda tahsil oluvçilar soni 10-15tadan oşmasligi kerak;
- barça öquvçilar niqobda bölişlari kerak va har 2-3 soatda niqoblarni almaştiriş talab etiladi;
- xonalarni kuniga 2-3 marta şamollatiş;
- darslar davomiyligi öquv markazi belgilagan tartibda ötkaziladi, lekin 30-40 daqiqa oraliğida xonalarni şamollatiş uçun öquvçilarga tanaffuslar beriş;
- imkon bulsa, barça darslar tugaganidan söng xonalar havolarini kvarslaş.
Şuningdek, surunkali gepatit kasalligi bor öqituvçilar maktabda işlaşi qay darajada xavfli ekani haqidagi savoliga javob berildi.
«Surunkali gepatiti bor şaxslar koronavirus infeksiyasi oğir keçişi köra xavf guruhiga kiradilar. Ular imkon qadar boşqalar bilan kamroq aloqada bölişlari lozim. Bolalar kasallikni yengil yoki simptomsiz ötkazişlari va virus taşuvçisi bölişlarini hisobga olgan holda karantin qoidalariga qat'iy rioya qiliş lozim.
Surunkali gepatit bilan oğrigan bemorda koronavirusning ilk belgilari paydo bölişi bilanoq poliklinika şifokoriga murojaat qiliş va öz vaqtida muolajalarni boşlaş kerak», dedi ştab a'zosi.











