Mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy etiş va mamlakat aholisining amaliy faolligini oşiriş, zamonaviy kasblar va tadbirkorlik könikmalariga öqitiş asosida doimiy daromad keltiruvçi mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş orqali işsiz fuqarolar bandligini ta’minlaş maqsadlarida Toşkent şahrining Yunusobod tumanida subsidiyalangan dastur böyiça kurslar oçildi. Uşbu 4 oylik kurslar töliqligiça Aholi bandligiga kömaklaşiş davlat fondi mablağlaridan moliyalaştiriladi.

Xususiy va davlat sektorlarining bahamjihat işlaşi natijasida qisqa muddatlarda zamonaviy markaz barpo etildi, u IT kabi katta haq tölanadigan sohada iş topiş uçun yangi bilimlar egallaş imkonini beradi.
Guruhlar ertalabki, tuşki va keçki vaqtlarga taqsimlanadi. Öqiş haftasiga 3 marta, zamonaviy standartlarga muvofiq jihozlangan ma’ruza xonalarida ötkaziladi.
Öquv markazi oçiliş marosimida tabrik sözlari bilan Yunusobod tumani hokimining iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş böyiça birinçi örinbosari Muhitdinov Amir Tolipoviç, Tadbirkor va mazkur IT-akademiya asosçisi Qosimov Alişer Sayfullayeviç, Yunusobod tumani hokimi yordamçisi Aşirmatov Sadriddin Kuraliyeviç çiqiş qildilar.

SUBSIDIYaLANGAN öqişga yöllanma oliş şartlari:
1. 18 yoşdan 40 yoşgaça böliş;
2. Rasman heç qayerda işlamaslik.
Subsidiyalangan öqişga yoziliş uçun Siz yaşaş manzilingizga köra mahalladagi Hokim yordamçisiga Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman bölimiga yöllanmani kelişiş uçun murojaat qilişingiz kerak.

Yöllanma olingaç, Toşkent ş., Amir Temur köçasi, 72-uyda joylaşgan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman bölimiga pasportning asl nusxasi bilan kelasiz. Sizga öquv kurslariga yozma yöllanma beriladi.










