18:57 / 24.04.2017
17154

Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchilar ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Kun.uz’ga 2017 yil 17-23 aprel kunlari bir hafta davomida fosh etilgan transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar haqida ma'lumot berdi.

2017 yil 11 aprel kuni soat 03-00 larda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasi hududida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan S.N.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda S.N. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan R.Sh. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan «LASeTTI» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 21 aprel kuni ushlangan.

2017 yil 21 aprel kuni esa soat 01-00 larda, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan A.M.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda A.M. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan N.D. o‘z boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli avtobusida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.

2017 yil 21 aprel kuni soat 01-30 larda, Buxoro viloyati, Buxoro tumani hududida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Buxoro shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan I.Sh.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda I.Sh. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan A.B. o‘z boshqaruvidagi «KamAZ-5410» rusumli yuk avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

2017 yil 22 aprel kuni soat 23-30 larda, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani hududida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Pastdarg‘om tumanida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan U.M.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda U.M. voqea joyida halok bo‘lgan. 

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan X.B. ishonch qog‘ozisiz boshqaruvida bo‘lgan, bir manzilda yashovchi otasiga tegishli «NeKSIYa» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 23 aprel kuni ushlangan.

2017 yil 17 aprel kuni soat 03-00 larda, Toshkent viloyati, Pskent tumani hududida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Bo‘ka tumanida yashagan, 1979 yilda tug‘ilgan A.D.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda A.D. voqea joyida halok bo‘lgan. 

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Qibray tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan S.A. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan «MATIZ» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 23 aprel kuni ushlangan.

2017 yil 13 aprel kuni soat 02-45 larda, Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani hududida, noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Bag‘dod tumanida yashagan, 1989 yilda tug‘ilgan U.S.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda U.S. voqea joyida halok bo‘lgan. 

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, Bog‘dod tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.M. o‘z boshqaruvidagi «NeKSIYa» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 23 aprel kuni ushlangan.

2017 yil 23 aprel kuni soat 00-20 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan P.T.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda P.T. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, Toshkent shahar, Olmazor tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.R. o‘z boshqaruvidagi «DAMAS» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.

Top