Jahon | 00:42 / 30.04.2017
7869
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada An-26 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Foto: Facebook/Aero Gaviota

Kubada An-26 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 39 kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Halokatda necha kishi halok bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda. Halokat yuzasidan Kuba rasmiy hukumatidan hech qanday bayonotlar berilmadi. 

NTN24 telekanalining ma'lum qilishicha, "Aerogaviota" kompaniyasining layneri 29 aprelga o‘tar kechasi Kubaning g‘arbidagi Pinar-del-Rio viloyatida halokatga uchragan. Ekipaj a'zolaridan biri qarindoshining aytishicha, samolyot borish qiyin bo‘lgan hududga qulagan. Ichki reysni amalga oshirayotgan samolyot mamlakat sharqidagi Barakoa aeroportidan havoga ko‘tarilgan.

Hozircha boshqa tafsilotlar berilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid