Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar 1 million dollar ishlab oldi
1979 yil Farg‘ona tumanida tug‘ilgan Hayotbek Begaliyev 1999—2008 yillar davomida Janubiy Koreyada ishlab kelib, Sharqshunoslik institutiga o‘qishga kiradi. Dastlab moddiy manfaatdorlik evaziga Janubiy Koreyaga ketuvchilarga test sinovlariga yordam beradi. Keyinchalik odamlarni Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natish, testlarda yordam berish va u yerda ish bilan ta'minlash va'dasini berib ulardan jami million dollar pul oladi.
"24post.uz" nashrining ma'lum qilishicha, No‘'monjon Arziqulov va Oybek Jamolovlar 100 ga yaqin odamdan 500—4500 dollargacha bo‘lgan miqdorda pora olib, Toshkentdagi Hayotbek Begaliyevga yetkazib turadi. Jamolov Hayotbek Begaliyevga 138 ming AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m miqdorda pulni yetkazib beradi. Aldangan fuqarolar arz qila boshlaydi.
Oybek Jamolov 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Hayotbek Begaliyevga belgilangan tartibda jarima tayinlandi va fuqarolarning pullari undirib berildi.
Mavzuga oid
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026