Idlib viloyatida aynan kimyoviy hujum uyuştiriş uçun möljallangan, sovetlar tomonidan işlab çiqarilgan aviabombalar işlatilgan bölişi mumkin. Bu haqda Human Rights Watch (HRW) taşkiloti hisobotida keltirilgan.

HRW Suriyada kimyoviy quroldan foydalanganlik haqida yangi ma'lumotlarni naşr etdi. Xususan, ma'ruza mualliflari 92 kişining zarin gazidan zaharlanib ölişiga sababni oddiy aviabombaning zaharli moddalar saqlangan omborga kelib tuşgani oqibatida yuz bergani xususidagi Moskva va Damaşqning bayonotini rad etiş payidan bölişmoqda.

Materialda aytilişiça, Xon-Şayxundagi fotosuratlar va videomateriallar u yerda aynan zarin gazini eltiş uçun yaratilgan sovet aviabombalari işlatilganidan dalolat berib turibdi. Gap XAB-250 yoki XAB-500 bombalari haqida bormoqda. Huquqni himoya qiluvçi taşkilotning Idlib viloyatda suratga tuşirgan bomba parçalarida yaşil rangli yozuvlarni köriş mumkin, bunday böyoq aynan şu tipdagi bombalarda işlatilgan.

Mahalliy aholi tomonidan bomba tuşişi natijasida paydo bölgan öyiqlarda topilgan qoldiqlar ham XAB-250 bombasiga öxşab turibdi.

HRW 2016 yilning dekabridan boşlab Suriya armiyasi kamida tört marta zaharlovçi moddalar solingan aviabombalar işlatgan, şuningdek, vertolyotdan zaharli gaz soçganini ta'kidlab keladi. 

«Soldaty Rossii» jurnalining tahliliy bölimi rahbari, iste'fodagi polkovnik Anatoliy Matviyçukning RBK naşriga bildirişiça, XAB-250 va XAB-500 bombalari çindan ham sobiq ittifoq va Varşava şartnomasiga a'zo boşqa davlatlar tasarrufida bölgan, biroq sovet ittifoqi öşa paytlardayoq ularning barçasini yöq qilgan. Lekin bu bombalarning korpusi saqlanib qolgan bölişi ham mumkin.

«Bunday korpuslarni har qanday razvedka qölga kiritgan bölişi mumkin, undagi yozuvlar esa u sovet bombasi bölganini tasdiqlab beradi. Bu korpusni ular bolgarlar yo polyaklardan, yoki qardoşlarimiz ukrainlardan olgan bölişi ham mumkin», — deydi Matviyçuk.

Harbiyning sözlariga köra, Suriyada kimyoviy aviatsiya bombalaridan foydalanganlik heç aqlga siğmaydigan narsa, çunki bunday bombalar işlatilgaç, katta vayronagarçiliklar keltirib çiqaradi. «Işlatilgan bomba oddiy yoqilği bakidan boşqa narsa emas. U aslo vayron qiluvçi qurol emas. U inersiya tufayli 20-30 smli çuqur hosil qilişi mumkin. Bizga esa minomyot otişmasidan keyin qolgan çuqurlar namoyiş etildi», — deya tuşuntirgan u.

Siyosiy va harbiy tahlil Instituti direkori örinbosari Aleksandr Xramçixinning RBKga bildirişiça, agar Suriyada haqiqatdan ham aviatsiya bombalaridan foydalanilganida «jabrlarganlar soni bir neça karra köp bölişi tayin edi». «Bu holatda heç qanday şubhaga örin qolmas, uning rost va yolğonligini muhokama qilişga ham hojat bölmas edi», — deya ta'kidlagan u.

Idlib viloyatiga kimyoviy zarba AQŞning Xoms viloyatidagi harbiy aerodromga raketa zarbasi berişiga sabab bölgan edi. Obekt tomon 59 ta «Tomohavk» qanotli raketalari uçirilgan, Rossiya mudofaa vazirligining ma'lumotlariga köra, ularning 23tasi nişonga yetib borgan. Pentagon esa, öz navbatida, faqatgina bitta raketa nişondan adaşganini ta'kidlagan edi. 

Rossiya Damaşqning Idlibdagi kimyoviy hujumda ayblanişida bir birini inkor etuvçi dalillarni mudom ta'kidlab keladi. Rossiya TIVning 27 apreldagi bayonotida bu masalada mutlaq haqiqatni yuzaga çiqariş uçun voqea joyiga Kimyoviy qurollarni taqiqlaş böyiça taşkilot missiyasini jönatiş lozimligi körsatib ötilgan.