Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning maydagi sammitida Chernogoriya ham ishtirok etadi
25 may kuni Bryusselda o‘tkaziladigan NATO sammitida uning bo‘lg‘usi a'zosi Chernogoriya ham ishtirok etadi. Bu haqda NATOning bosh kotibi Yyens Stoltenberg Yevroparlamentda ma'lum qildi.
"Aslida sammitda 28 ta emas, 29 ta a'zo bo‘ladi, chunki Chernogoriya hozir NATOga kirish jarayonida turibdi", deb aytdi Stoltenberg.
Chernogoriya va NATOga kiruvchi davlatlar ma'qullovidan keyin Chernogoriya NATOning 29-a'zosiga aylanadi. Chernogoriyaning NATOga kirishi bayonnomasini ayni vaqtda alyansga a'zo 28 ta davlatdan 24 tasi ratifikatsiya qilgan.
NATOning maydagi sammitida AQSh va Fransiyaning yangi prezidentlari ham ishtirok etishadi.
"Qisqa, biroq juda muhim uchrashuv bo‘ladi, chunki bu AQShning yangi prezidenti bilan Yevropadagi, NATOdagi hamda Fransiya prezidenti bilan ilk uchrashuv bo‘ladi. Sammit transatlantik birdamlik haqida kuchli ishora berishiga ishonchim komil", deb aytdi Stoltenberg.
Stoltenbergning aytishicha, sammitda terrorchilikka qarshi kurash va NATOga a'zo davlatlarning mudofaaga ajratadigan mablag‘lari masalalari ko‘riladi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026