Janubiy Koreya xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holatda qolmoqda
Koreya Respublikasi Mudofaa vaziri matbuot kotibi Luna Sangyun ma'lum qildiki, mamlakat qurolli kuchlari 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari arafasida KXDR tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ig‘volar ehtimoli tufayli kuchaytirilgan jangovar holatga keltirilgan.
«Biz jangovar tayyorgarlikning kuchaytirilgan tartibini saqlab qolmoqdamiz», — deya Sangyunning so‘zlarini keltirgan Yonhap agentligi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, saylanajak yangi davlat rahbari mamlakat qurolli kuchlari ustidan nazoratni qo‘lga oladi.
Janubliklar Shimoliy Koreya saylov vaqtida ballistik raketalar uchirishi yoki yadro quroli sinovini amalga oshirishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat janubiy chegaralaridagi ikki orolda joylashgan harbiy otryadlarni ko‘zdan kechirish uchun kelgan vaqtida Pxenyan Janubiy Koreyaga hujum qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kerakligini ma'lum qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:30
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30
YeI va Janubiy Koreya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
21:13 / 04.11.2024
Janubiy Koreyada «yolg‘izlik epidemiyasi»: odamlar tashqi dunyodan uzilib, yaqinlaridan uzoqda vafot etmoqda
09:50 / 01.11.2024