Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In mamlakat janubiy çegaralaridagi ikki orolda joylaşgan harbiy otryadlarni közdan keçiriş uçun kelgan vaqtida Pxenyan Janubiy Koreyaga hujum qiliş imkoniyatlarini körib çiqiş kerakligini ma'lum qilgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga asoslangan holda Yonhap agentligi xabar tarqatdi.

Kim Çen In Çanjedo orolidagi kuzatuv punktidan Yonpxyondo orolini közdan keçirgan. Unga Janubiy Koreya qöğirçoq duşman kuçlarining şimoli-ğarbiy orollariga oxirgi joylaşuvi va Yonpxyondo orolidagi bölinmalarning holati haqidagi hisobot öqib eşittirilgan. Şundan söng u duşman obektlarining yangi garnizonlari böylab artilleriya zarbasi beriş rejasi bilan tanişgan va yöl-yöriq bergan.

Uning taşrifidan söng harbiylarga töla jangovar holatda turiş buyurilgan.

«U (Kim Çen In) ma'lum qildiki, janubiy-ğarbiy front çiziğida armiyaning artilleriya bölinmalari duşmanning qanotini sindiriş uçun doimo şay bölib turişi kerak», — deyilgan xabarda.

29 aprelga ötar keçasi Pxenyan navbatdagi ballistik raketa sinovini ötkazdi. OAV ma'lumotiga köra bu safargi uçiriş muvaffaqiyatsiz çiqqan. May oyi boşida Janubiy Koreya AQŞning strategik bombardimonçi samolyotlari Koreya yarim oroli ustidan uçib ötgan. KXDRda bu parvozlar yadroviy uruşga turtki sifatida qabul qilingan.