Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mun Je In yarim tunga kelib Koreya prezidentlik saylovlarida yetakchilik qilmoqda
Seshanba kuni Janubiy Koreyada muddatidan avval bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida yarim tunga kelib demokrat Mun Je In 36,5 foiz saylov uchastkalaridagi saylov byulletenlari sanog‘idan so‘ng 39,5 foiz ovoz to‘plab yetakchilik qilmoqda, deb xabar beradi Yonhap agentligi.
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, Koreya konservativ partiyasi vakili Hong Jun-pyo 26,6 foiz ovoz to‘plagan.
Saylovlarda g‘alaba qozonganini e'lon qilar ekan, Mun Je In Seul markazidagi Kvanhvamun maydoni darvozasi oldida chiqish qildi.
«Ertaga men mamlakat prezidenti bo‘laman. Meni ushbu saylovda qo‘llab-quvvatlamaganlar uchun ham yagona prezident bo‘laman», — dedi Mun Je In. U mamlakat fuqarolarining «chin ezgu orzulari»ni unutmasligini va'da qilgan.
Chorshanba kuni ertalab Janubiy Koreya MSK saylovda g‘olib chiqqan nomzod nomini e'lon qiladi va yangi prezident darhol o‘z vakolatidan foydalanishga kirishadi.
Ilgariroq Mun Je In «yangi Koreya»ni yaratish uchun darvozalarni ochishini ta'kidlagan edi, Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari turli ramzlarni sharhlashga kirishib ketishdi, chunki «Mun» familiyasi koreys tilidagi «mun» (darvoza, eshik) so‘zlariga o‘xshash.
Yonhap agentligining xabariga ko‘ra, Mun Je-inning raqiblari allaqachon mag‘lubiyatni tan olishgan.
Ushbu saylovlar korrupsiya mojarolariga aralashib qolgan sobiq prezident Pak Kin Hega impichment e'lon qilinishi va uning qudratdan ketkazilishi natijasida muddatidan oldin o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025