Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “uddaburon tadbirkorlar" fosh etildi

Foto: Fotolia
Nafs quliga aylanayotgan, ya'ni qilayotgan ishining ertasini o‘ylamay, ko‘r-ko‘rona “tadbirkorlik” qilayotgan ayrim kimsalar kun kelib noqonuniy ishlarining javobgarligi borligini unutib qo‘ymoqdalar. Saydi Jonibekov va Bilol Inomov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ham shundaylar sirasidan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
B.Inomov 2015 yilning dekabr oyida Toshkent viloyatida joylashgan tumanlarning biridan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tib, mas'uliyati cheklangan jamiyat tashkil qildi. Unga rahbar sifatida S.Jonibekovni tayinladi. O‘z norasmiy rahbar sifatida MChJning ishlariga bosh-qosh bo‘ldi.
O‘tgan yilning yanvar oyida MChJ mutasaddilari tomonidan pul ko‘chirish yo‘li bilan 317 mln. so‘mlik tikuv mahsulotlari, 609 mln. 761 ming so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlari, 3 mlrd. 606 mln. 157 ming so‘mlik boshqa turli mahsulotlar, jami 4 mlrd. 216 mln. 234 ming so‘mlik tovarlar sotib olinadi. Ammo ular tegishli tartibda jamiyatga kirim qilinmaydi. Katta mablag‘ evaziga xarid qilingan mahsulotlar ulgurji tarzda naqd pulga sotilib, savdodan tushgan pullar na nazorat-kassa mashinasidan o‘tkaziladi, na bankka topshiriladi. Aksincha, o‘rtada o‘zaro taqsimlanadi.
Shuningdek, bu kimsalar keltirilgan mahsulotlarning yuk varaqalarini hamda MChJning buxgalteriya hujjatlarini qasddan nobud qiladilar. Shunday qilsak, yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladi, deb o‘ylagan S.Jonibekov va B.Inomov qattiq yanglishdilar. Jamiyatda o‘tkazilgan tekshirishlarda ularning qilmishlari fosh etildi. Buxgalteriya hujjatlarini nobud qilib yuborgan bo‘lishsa-da, huquq-tartibot idoralari xodimlari MChJ tomonidan davlatga to‘lanishi shart bo‘lgan 733 mln. 682 ming so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni aniqlashdi. Qolaversa, MChJning ulgurji savdoni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmaganligi ham fosh etildi.
Sud hukmi bilan B.Inomov va S.Jonibekov ma'lum muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, eng kam ish haqining 400 barobari miqdorida jarima jazosiga tortildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiydan norozi ukrainlar, Rossiyaga sodiq Xitoy – hafta dayjesti
Jahon | 15:56
-
«Liverpul» bozorni portlatmoqda: klub yangi futbolchilar uchun allaqachon 300 mln yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi
Sport | 14:12
-
Isroilning G‘azodagi Gumanitar fondi sobiq qo‘riqchisi harbiy jinoyatlarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi
Jahon | 14:03
-
«Trampning sabri tugamoqda» – Rubio
Jahon | 14:00
Mavzuga oid

11:29 / 26.07.2025
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:16 / 23.07.2025
“Jilovlanmayotgan” jinoyat: soddalik chegarasi va pixini yorgan firibgarlar

07:38 / 18.07.2025