Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘z yurtdoshini yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 4 yilga qamaldi
Foto: Fotolia
Peterburgdagi sud 1956 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik tadbirkorni yollash orqali qotillikka tayyorgarlik ko‘rishni tashkil etishda aybdor deb topdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, nomi oshkor etilmagan shaxs 1983 yilda tug‘ilgan o‘z hamyurtiga rashk tufayli shaxsiy adovatda bo‘lgan va uni o‘ldirishga qaror qilgan.
2016 yilning 16 iyun kuni kechki payt u Viborg tumani hududida xususiy detektiv agentliklaridan birining xodimiga jabrlanuvchini o‘ldirish uchun 45 ming yevro miqdorida pul berishga tayyor ekanini bildirib, tegishli taklifni bergan. Biroz vaqt o‘tib unga 24 ming 120 yevro miqdorida avans ham berilgan. Biroq, agentlik xodimi bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan.
“2016 yilning 6 iyul kuni Kosigin shoh ko‘chasida joylashgan 27-uyda jinoyatchi “yollanma qotil”dan go‘yoki jabrlanuvchi o‘ldirilgani haqida soxta fotosuratlar olgan hamda unga yana 20 ming yevro bergan, shundan so‘ng u politsiya xodimlari tomonidan ushlandi”, - deya ta'kidlanadi xabarda.
Sud hukmi bilan o‘z yurtdoshini o‘ldirmoqchi bo‘lgan fuqaro 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
12:28 / 24.01.2026
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
21:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
18:29 / 21.12.2025