Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya uchun halokatli zilzila qachon yuz berishi ma'lum qilindi
Foto: Martyn Farr / ZUMA Press / Globallookpress.com
Geofiziklar xalqaro jamoasi yaqin o‘n yil ichida Yangi Zelandiyada halokatli zilzila yuz berishini prognoz qilmoqda. Ushbu haqdagi maqola Nature jurnalida chop etildi.
Mutaxassislar Alp yorig‘idagi harorat va bosim avvalroq kutilgandan ancha yuqoriligini aniqlab, bunday xulosaga kelishdi. Yoriqqa har kilometr chuqurlashib borgan sari harorat Tselsiy bo‘yicha 125 gradusga oshib boradi.
Bunday ekstremal ko‘rsatkichlar yoriq hududida materiyaning yer ostidan ko‘chishi amalga oshayotganidan darak beradi va bu magnitudasi 8,0dan yuqoriroq bo‘lgan zilzilani keltirib chiqarishi mumkin.
Alp yorig‘i Yangi Zelandiyaning Janubiy orolining butun uzunligi bo‘yicha o‘tadi. Ushbu yoriq o‘zidan Tinch okeani tektonik plitasining Avstraliya tektonik plitasi ostiga kiradigan hududni aks ettiradi.
Alp yorig‘i bilan bog‘liq eng kuchli zilzila 1717 yilda yuz bergan, bunda 400 km uzunlikdagi hududda tog‘ jinslari ko‘chgan.
Mavzuga oid
02:02 / 20.05.2026
Buxoroda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
21:22 / 03.04.2026
O‘zbekistonda yana yer qimirladi
15:45 / 03.04.2026
Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
07:32 / 28.02.2026