Jahon | 21:50 / 18.05.2017
4178
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York politsiyasi Tayms-Skverdagi hodisani terakt deb atamadi

Nyu-York politsiyasi Tayms-Skverda avtomobil katta tezlikda piyodalar ustiga yurishini terrorizm bilan bog‘lamayapti. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Shahar o‘t o‘chirish departamentining tvitterida ma'lum qilinishicha, hodisa oqibatida 13 kishi jarohatlandi. CBS manbasi esa bir kishi halok bo‘lgani va 20 kishi jarohatlangani haqida yozmoqda.

Avtomobil haydovchisi qochishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

Nyu-York politsiya departamenti 12 kishi jarohatlangani va bir kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

18 may kunining ikkinchi yarmida Nyu-York markazidagi Tayms-Skver maydonida qizil rangli Honda katta tezlikda odamlar guruhini urib ketdi. Guvohlar haydovchi bu harakatini qasddan amalga oshirganini aytmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra avtomobil trotuar bo‘ylab yurib, piyodalarni bosa boshlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid