Foto: Nyu-Yorkda mashinasini odamlar ustiga haydagan shaxs noodatiy tarzda ko‘rsatma berdi
18 may kuni Nyu-York shahridagi Tayms-skverda piyodalar ustiga katta tezlikda mashinasini haydab borganidan keyin qo‘lga olingan haydovchi tergov vaqtida bergan ko‘rsatmasida bu harakatini amalga oshirishdan oldin «o‘z o‘limi haqida ovozni eshitgani» haqida aytgan. Bu haqda huquq-tartibot organlariga asoslangan holda Assoshieyted Press agentligi xabar tarqatdi.
Avtomobil rulida bo‘lgan 26 yoshli Richard Rohas hodisadan keyin qochishga uringanida politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U ayni vaqtda politsiya bo‘limida qolmoqda. Avvaliga mast holda mashina haydagani aytilgan Rohas tekshiruvlardan keyin mast bo‘lmagani aniqlandi. Ayni vaqtda politsiya uning narkotiklar qabul qilgani bo‘yicha o‘tkazilgan test natijasini kutmoqda.
TMZ tabloidi bergan xabarga ko‘ra, uni hibsga olishayotganda u politsiyadan o‘zini otib tashlashni so‘ragandi.
Politsiyadagi manba ushbu sobiq harbiy xizmatchi (u harbiy-dengiz kuchlaridan xizmatdan qaytgan) ma'lum qilishicha, Rohas o‘tgan haftada notarial idoraga pichoq bilan hamla qilgani tufayli qo‘lga olingandi. O‘shanda u o‘zini kuzatishayotganidan xavfsirayotgani haqida ko‘rsatma bergandi.
Uning do‘stlari aytishicha, harbiy xizmatdan qaytgach, Rohasning o‘zini tutishi butunlay o‘zgargan. U internetda o‘zini ahmoqona tutib, «jinnilarga xos» yoza boshlagan. Unda shuningdek pul bilan muammolar bo‘lgan.
18 may kunining ikkinchi yarmida Tayms-Skverda qizil rangli Honda katta tezlikda harakatlanib odamlar guruhini urib ketdi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, bu hodisa oqibatida 18 yoshli qiz halok bo‘lgan, 20dan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023
Nyu-York meri noqonuniy muhojirlar oqimi shaharni vayron qilishi mumkinligini aytdi
10:56 / 10.06.2023
Nyu-Yorkda tutunli havo yana bir necha kunga saqlanib qoladi
22:30 / 08.06.2023