Jahon | 08:37 / 20.05.2017
2877
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada parom yonishi oqibatida 80 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qoldi

Foto:maritime-executive.com

19 may kuni kechki vaqt Indoneziyaning Yava orolidan Balikpapan shahriga ketayotgan paromda yong‘in chiqdi. Buning oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 80 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qolgan.

Parom bortida hammasi bo‘lib 178 kishi bo‘lgan. Yong‘in paromning avtomobillar turgan palubasida chiqqan. Ekipaj a'zolarining yong‘inni o‘chirishga urinishlari samara bermagan. Shunda kema sardori ekipaj va yo‘lovchilarga qutqaruv jiletlarini taqib, paromni tark etishni buyurgan. 

Ayni vaqtda 91 kishi qutqarib olingan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid