Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada teraktlar sodir etishga tayyorlangan shaxslar qo‘lga olindi
Moskva shahridagi transport obektlarida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etishga tayyorlangan IShID a'zolari qo‘lga olindi. Rossiya FSB ma'lumotiga ko‘ra, 4 kishidan iborat guruh tarkibiga Rossiya va Markaziy Osiyo fuqarolari kirgan.
O‘tkazilgan maxsus amaliyot vaqtida ularning kvartirasidan portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan laboratoriya topilgan. Undan tashqari ishlatishga tayyor bo‘lgan, turli temir bo‘laklari bilan to‘ldirilgan portlovchi qurilma, o‘qotar qurollar, granatalar hamda ekstremistik adabiyotlar ham aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, terrorchilar guruhi Suriya hududidan turib boshqarilgan. Terakt amalga oshirilganidan keyin ular Suriyaga borib IShID safiga qo‘shilishni rejalashtirgandi.