Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalariga start berildi
Foto: uza.uz
Jizzax shahrida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod – 2017” respublika sport musobaqalari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilgan uch bosqichli tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari ulg‘ayib kelayotgan navqiron avlod ongiga sog‘lom turmush tarzini bolalikdan boshlab chuqur singdirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shaharning Sharof Rashidov shohko‘chasi va Alisher Navoiy ko‘chalari o‘rtasida joylashgan “So‘g‘diyona” stadionida katta sport bayrami – “Barkamol avlod – 2017” final musobaqalarining tantanali ochilish marosimi o‘tadi.

“Barkamol avlod – 2017” musobaqalarining ochilish marosimi o‘tayotgan zamonaviy sport majmuasi keyingi uch yilda barpo etildi. Uning tarkibida o‘n ming tomoshabin o‘rinli “So‘g‘diyona” stadioni, yengil atletika, suzish va gimnastika zallari, matbuot anjumanlarini o‘tkazish uchun konferents zal va boshqa qulayliklar mujassam etilgan.
E'tiborlisi, “Barkamol avlod” sport musobaqalari birinchi marta Jizzax viloyatida sportning 8 turi bo‘yicha (basketbol, voleybol, futbol, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis va suzish) tashkil etilgandi. Bu yilgi musobaqalarda sportning o‘n yetti – basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, og‘ir atletika, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks, suzish, taekvondo, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, stol tennisi, badminton va shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

“Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz: “Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari ilk bor Jizzaxda, so‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Toshkent, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan.










Mavzuga oid
08:39 / 18.03.2026
Jizzaxda klaster fermerlarni “yutib yuboryapti” - hisob hozircha 195:0
18:06 / 17.03.2026
Jizzax va Andijonda YPX xodimlari qo‘lga olindi
17:47 / 17.03.2026
Jizzaxdagi xususiy bog‘chada basseynga cho‘kib o‘lgan bola ishi bo‘yicha hukm o‘qildi
20:37 / 16.03.2026