O‘zbekiston | 21:12 / 30.05.2017
9538
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Shri-Lanka prezidentiga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Maytxripala Sirisenaga mazkur mamlakatda yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va bedarak yo‘qolgani munosabati bilan samimiy hamdardlik izhor etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari o‘z maktubida Shri-Lanka xalqiga hamda qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid