Sport | 12:47 / 01.06.2017
13857
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: «Real» Azar uchun rekord darajada mablag‘ to‘lashga tayyor

Foto: AFP

«Real» 115 mln yevro evaziga «Chelsi»dan Eden Azarni sotib olmoqchi. Bu haqda The Sun tabloidi xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubi vakillari oxirgi vaqtlarda belgiyalik futbolchining vakillari bilan kamida uch marta uchrashgan va uning «Real»ga o‘tishi imkoniyatlarin muhokama qilgan.

Ayni vaqtda futboldagi eng qimmatbaho futbolchi «Yuventus»dan o‘tgan yil yozida «Manchester Yunayted»ga o‘tgan Pol Pogba bo‘lib turibdi. O‘shanda «Manchester Yunayted» ushbu fransuz uchun 105 mln yevro to‘lagandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid