Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar TIV rahbari terrorizmni qo‘llab-quvvatlashga doir ayblovlarni rad etdi
Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad Abud-ur-Rahmon At-Taniy uning mamlakati terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamasligiga doir bayonot bilan chiqdi.
"Biz terrorni moliyalashtirishga qarshi kurashyapmiz va dunyoni salohiyatli terrorchi va guruhlardan himoya qilyapmiz", - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.
At-Taniy Qatarni ekstremistik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bayonotlardagi qarama-qarshilikka diqqatni qaratdi.
"Bu bayonot qarama-qarshiliklarga to‘la: bir tomondan, biz go‘yoki Eronni qo‘llab-quvvatlaymiz, boshqa tomondan esa - Suriyadagi ekstremistik guruhlarni, shu bilan birga ham Saudiya Arabistonidagi "Musulmon birodarlar" terrorchi guruhini qo‘llab-quvvatlaymiz, ham xusiylarni", - deydi vazir.
At-Taniy Qatarga yog‘dirilgan ayblovlarning barchasi soxta ma'lumotlarga asoslanganini ta'kidladi. Shunday ekan, vazir mamlakatning ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga doir muzokaralarga tayyor ekanini bildirdi.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv va Mavrikiy Respublikasi Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026