Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda IShID jangarilari soni ma'lum qilindi
IShID terrorchilik guruhining a'zolari soni 20 minggacha kishini tashkil qiladi. Bu haqda BMT bosh kotibining bu guruh tomondan yuzaga keltirilayotgan tinchlik va xavfsizlikka tahdid haqidagi 5-hisobotida ma'lum qilingan.
"IShID jangarilari soni o‘tgan 16 oy ichida qisqardi va ayni vaqtda 12 mingdan 20 minggacha jangarini tashkil qiladi. Shu bilan birga bir qator hududlardan Iroq va Suriyaga kelayotgan jangarilar oqimi sekinlashgan. Biroq endi jangarilarning o‘z vatanlariga qaytayotgani va ixtilof hududining boshqa hududlarga ko‘chishi xalqaro xavfsizlikka jiddiy xavf solmoqda", deyilgan hisobotda.
BMTda ta'kidlanishicha, 2016 yil yanvardan beri IShID Suriya va Iroqda doimiy bosim ostida turibdi va bir qator muvaffaqiyatsizliklarga uchragan. Biroq guruh Iroqning Mo‘sul shahrida qarshilik ko‘rsatmoqda va Suriyaning Raqqa shahrini o‘z nazoratida ushlab turibdi.
Hisobotda terrorchilar tomondan xorijiy potensial terrorchilar uchun materiallarni tarqatish va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilan ularni terrorchilar safiga jalb qilish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari ta'kidlab o‘tildi.
Terrorchilik guruhi, shuningdek, "ma'lum malakalarga ega odamlarni qidiradi va turli til guruhlari orasida xorijiy jangarilardan foydalanib shu guruhlar kelib chiqqan davlatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun" tashviqot olib boradi. Bunday aloqalarni kuzatish murakkabdir, chunki terrorchilar ma'lumotlarni shifrlash funksiyasiga ega xizmatlardan foydalanishadi.
Mavzuga oid
09:37
Melaniya Tramp BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi
19:11 / 25.02.2026
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh Ukrainada tinchlikni saqlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilishda betaraf qoldi
15:22 / 25.02.2026
Qozog‘iston chechenistonlik muxolifatchi ekstraditsiyasini to‘xtatdi
08:31 / 25.02.2026