Andijon shahridagi yong‘in sababi aniqlandi
Fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik va ularning beparvoligi oqibatida yong‘inlar sodir bo‘lib, mudhish ofat tufayli nafaqat loqayd kishilarning o‘zlari, balki ularga qo‘shni bo‘lgan insonlar ham jiddiy zarar ko‘rayotganligi achinarli holdir.
Kun.uz’ga Andijon viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2017 yilning 9 iyun kuni Andijon shahar Milliy tiklanish ko‘chasi 27-uyda joylashgan “Mehrigiyo medikal” MChJ tomonidan ijara asosida foydalanib kelinayotgan binodagi ishlab turgan konditsioner uskunasini nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, 3 qavatli binoning 60 kvadrat metr tom qismi va xona jihozlari yonib ketgan. Yong‘in qo‘shni bino 26-uyda joylashgan savdo do‘koniga o‘tib, savdo do‘koninng 30 kvadrat metr tom qismi ham kulga aylandi.
Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining sa'y-harakati natijasida binoning 1- va 2-qavatlaridagi o‘quv markazi va savdo do‘konlarining xona jihozlari saqlanib qolindi hamda yong‘inning qo‘shni binolarga tarqalishining oldi olindi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Moddiy zarar aniqlanmoqda.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, fuqarolarning yozni issiq, jazirama kunlarida konditsioner, ventilyator kabi sovutish uskunalarini qarovsiz qoldirishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida yong‘inlar sodir bo‘lmoqda. Moddiy boylik kulga aylansa topish mumkin, lekin uning oqibatida inson - eng bebaho boyligi bo‘lgan sog‘ligidan ayrilishi, kuyishi, tan jarohati olishi va bir umrga mayib-majruh bo‘lib qolishi mumkin.
Mavzuga oid
09:20 / 12.11.2024
Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
14:41 / 06.11.2024