Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahrida yirik yong‘in yuz berdi (foto, video)
Andijon shahrida katta yong‘in yuz berdi. Bu haqda Kun.uz'ning Andijondagi muxbiri xabar qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, shaharning Milliy tiklanish ko‘chasida joylashgan "Mehrigiyo medikal" MChJga qarashli uch qavatli bino yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida binoning tom qismi va ichki jihozlari yonib ketgan. Andijon shahar yong‘in xavfsizligi xizmatiga tegishli mashinalar tez fursatda yetib kelib, yong‘inni barataraf qilishgan.



Bino atrofidagi qo‘shni inshootlar saqlab qolingan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026