Arab davlatlari Qatardagi xayriya fondlarini terrorizm bilan bog‘ladi

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr terrorchilik faoliyatiga aloqadorligi gumon qilingan 59 jismoniy shaxs va 12 yuridik shaxsdan iborat ro‘yxatni tuzdi. Ular orasida Qatardagi xayriya fondlari ham bor.
«Qatarning faoliyatida boshqa mamlakatlar xavfsizligiga tahdid soluvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash va yashirishni ko‘rish mumkin. Ro‘yxatdagilar Qatarning ikkiyoqlama siyosati ifodasidir», — deya qayd etilgan Saudiya Arabistoni davlat agentligi xabarida.
Ushbu ro‘yxatda 1995 yildan buyon xayriya ishlari bilan shug‘ullanib keladigan shayx Ida al-Tani, shuningdek, dunyodagi eng yirik 5 xayriya fondidan biri — gumanitar yordamlar ko‘rsatuvchi shayx Soniy ibn Abdulla tashkiloti (RAF) bor.
8 iyun kuni Qatar amirligi TIV rahbari shayx Muhammad ibn Abdulrahmon al-Soniy ma'lum qildiki, Doha qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar yaxshilanishi uchun o‘z siyosatini o‘zgartirmaydi.
«Biz taslim bo‘lishga tayyormasmiz va hech qachon o‘zimizning mustaqil tashqi siyosatimizdan voz kechishga tayyor bo‘lmaymiz. Biz tashqi siyosatimizga har qanday aralashuvga qat'iyan qarshimiz», — deya qayd etdi diplomat.
5 iyun kuni, Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Qatar bilan munosabatlarni uzgani haqida e'lon qilishdi. Ular rasmiy Dohani IShID va «Al-Qoida» kabi bir qator terrorchi tashkilotlarni qo‘llashda, shuningdek, Fors ko‘rfazidagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda aybladi.
Shu kuni Yaman, Liviya, Maldiv orollari va Mavrikiy ham bu qarorga qo‘shildi. 6 iyun kuni Iordaniya Qatar bilan munosabatlari darajasini pasaytirdi, Mavritaniya aloqalarni butunlay uzdi. Keyingi kunda bu davlatlar qatoriga Komor orollari ham qo‘shildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?
Jahon | 19:34
-
Putin Turkiyaga nega «ikkinchi tarkib»ni yubordi?
Jahon | 19:17
-
Toshkentdagi CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2025 bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 19:00
-
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
Jahon | 18:30
Mavzuga oid

11:45
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

18:19 / 23.04.2025