Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Gruziyaga yadro tahdidlarini aniqlash uchun uskunalar taqdim etdi
AQSh Gruziya IIVga kimyoviy, biologik, radioaktiv va yadro tahdidlarini aniqlashga imkon beruvchi maxsus uskunalarni yetkazib berdi. Bu haqda Gruziya mahkamasi saytida xabar qilingan.
Uskunalar Gruziya IIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha departamenti direktori Mindiya Lortkipanidzening AQSh energetika departamentining yadro kontrabandasini aniqlash va bosib turish bo‘yicha bo‘linmasi mintaqaviy maslahatchisi Sandro Volskiy bilan uchrashuvi doirasida topshirildi.
Uchrashuv davomida tahdidlarni aniqlash va bunday hodisalar natijasida yetkazilgan zararni kamaytirish bo‘yicha turli uskunalar ham namoyish etildi.
Tomonlar kimyoviy, biologik, radioaktiv va yadro tahdidlarini qisqartirish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari ham muhokama etishdi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026