Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotobomba: Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Amerika bombardimonchilari yo‘lini qanday to‘sdi?
AQSh mudofaa vazirligining Twitter’dagi sahifasida Amerika bombardimonchilari Boltiq dengizi ustida Rossiyaning Su-27 samolyoti tomonidan tutib olinishi tasvirlangan kadrlar e'lon qilindi. Mahkamadagilar suratlarni fotobomba, deb atashdi hamda to‘sish jarayoni xavfsiz bo‘lganini ta'kidlab o‘tishdi.
9 iyun kungi Baltops mashqlari davomida olingan kadrlarda Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti tasvirlangan, u B-52 bombardimonchisi, ikkita B-1B Lancer tovushdan tez harakatlanuvchi bombardimonchisi, shuningdek KC-135R yoqilg‘i quyish samolyotidan iborat bo‘lgan guruhga hamrohlik qilgan, deb xabar bermoqda CBS News.
#Photobomb! A #Russian Su-27 Flanker got into our shot 📸 during a #BALTOPS sortie over the #BalticSea today. The intercept was deemed safe. pic.twitter.com/SMwGfE2QYr
— U.S. Dept of Defense (@DeptofDefense) June 9, 2017
Avvalroq Pentagon rasmiy vakili Jyeff Devis Rossiyaning Su-27 samolyoti KC-135R yo‘lini to‘sgani haqida xabar berdi. Uning ta'kidlashicha, bunday harakat xavfsiz bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25